🌙 Nima uchun uxlayman o‘zi?
 
        Muhammadqodir Alijonov
Nima uchun uxlayman o‘zi?
Ba’zida o‘ylayman: nega men uxlayman? Shunchaki “sog‘lom turmush” uchunmi? Nega 4 soat uxlab to‘yolmayman? Balki bu tanam charchagani emasdir. Balki miyam to‘xtay olmayotgandir.
Go‘yo ichimda nimadir hali tugallanmagandek — g‘oya, yo‘l, yoki shunchaki o‘zimni anglash istagi.
Ishdan 6 da ketish kerak, deyishadi...
Lekin nega kerak? Kim belgilagan bu chiziqni? Shunchaki sog‘lom turmush tarzi uchunmi? Balkim bu turmush tarzi uylanganlar uchundir? Nima uchun chiziqlar har doim hamma uchun ishlashi kerak?
Onam XX yoshda, hali “charchadim” deganlarini eshitmaganman. Ular harakatda hali ham, mehnatlarida ma’no topadi. Men esa ma’noni qidiryapman — kodda, ishda, hayotda...
Yangi yo‘l, yangi ma’no
Ba’zida o‘ylayman: balki menga startup kerakdir! Yoki shunchaki, yangi yo‘l, yangi ish, yangi jamoa. Balkim bu his vaqtinchalik, oddiygina to‘lqindir? Ehtimol bu charchoq emas — bu ichki uyg‘onishdir.
Uyg‘onmagan orzular
Har safar o‘ylayman: balki uxlamasligim kerak emas — balki hali uyg‘onmagan orzularimni uyg‘otishim kerakdir.